Samarqanddan Qozon shahriga yana bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo'lga qo'yilmoqda
Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon — Samarqand — Qozon yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻymoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
2023-yil 30-oktyabrdan shaharlar o‘rtasida parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Kompaniyaning rasmiy saytida chipta narxlari (bir tomonlama): 13 315 rubldan (1 718 736 so’mdan) boshlanadi.
“RedWings” — Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo’lib, muntazam va charter yo’lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiya Federatsiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Hozirda Uzbekitan Airways aviakompaniyasi tomonidan ham Samarqanddan Qozongacha to’g’ridan-to'g'ri reyslar mavjud.