“O‘zbekistonlik” filmining 4-epizodi premyera qilindi
E’lon qilingan sana: · 1 858
19-oktyabr kuni “O‘zbekistonlik” filmining to‘rtinchi epizodi Londonda premyera qilindi.
Bu safargi epizodda Buyuk Britaniyada yashayotgan, ushbu mamlakatda muvaffaqiyatga erishgan o’zbekistonliklarning hikoyasi aks ettirilgan. Unda ekologiya va millatning intellektual salohiyati kabi dolzarb mavzular ko’tarilgan.
Epizod qahramonlari Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusov o‘zlarining bosib o‘tgan yo‘llari haqida hikoya qiladi.