Qishki shopping festivali Dubayga qaytmoqda
Dubay festivallar va chakana savdo departamenti (DFRE) shopping festivalining 29-mavsumi boshlanish sanalarini rasman e’lon qildi. Festival 2023-yil 8-dekabrdan 2024-yil 14-yanvargacha bo‘lib o‘tadi va shahar bo‘ylab ko‘plab tadbirlar va ko‘ngilochar dasturlar bilan har qachongidan ham kattaroq bo‘lishini va’da qilmoqda. Qishning 38 kuni davomida Dubay o’z mehmonlariga unutilmas lahzalar va quvonch baxsh etadi.
Yaqinlashib kelayotgan shopping festivalida qiziqarli musiqiy tadbirlar bo’ladi. Eng kutilgan tadbirlardan biri bu yil Dubayga keng ko’lamli shopping festivali doirasida qaytayotgan mashhur Sole DXB ko’cha madaniyati festivali bo’ladi. Tadbir shahar mehmonlari va aholisini xip-xop janrining ellik yilligi munosabati bilan jo’shqin chiqishlari bilan xursand qiladi. Ikki kun davomida, 8-dekabrdan 10-dekabrgacha Sole DXB mehmonlarga jonli chiqishlar, basketbol o‘yinlari, ma’ruzalar, eksklyuziv xaridlar va turli badiiy installyatsiyalarni taklif etadi; O‘tkazilish joyi Dubai Design District tumani bo‘ladi.
Dubay ekologiyaga qiziquvchilarni Earthsoul Fest`ga, hazil ixlosmandlarini esa mashhur komiklar ishtirokidagi komediya shoulariga, shuningdek, mashhur ijrochilarning konsertlariga taklif qiladi. Dastur tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.
Dubay shopping festivali bosh homiy — Jumbo va strategik hamkorlar, jumladan Al Futtaim Malls (Dubai Festival City Mall & Festival Plaza), Al Seef, Al Zarooni Group (Mercato Shopping Mall), AW Rostamani Group, Bluewaters, Citywalk, Emirates Airline, Enoc, Etisalat by e&, Majid Al Futtaim (Mall of the Amirates, City Centre Mirdif, City Center Deira), Nakheel Malls (Ibn Battuta Mall, Dragon Mart 2, Palm West Beach, Nakheel Mall va The View), The Beach va The Outlet Villagekoʻmagida oʻtkaziladi. .
Shopping festivali haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Visit Dubai saytiga va ijtimoiy media akkauntlariga tashrif buyuring.