Namangandan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys joriy qilindi

E’lon qilingan sana· 329
Namangandan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys joriy qilindi

Saudiya Arabistonining “Flynas” loukoster aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga qatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

16-oktabr kuni “Flynas” aviakompaniyasi havo kemasi ilk bor Jiddadan Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aviakompaniyaning A 320 Neo rusumli havo kemasi ilk bor Jidda — Namangan — Jidda yo‘nalishida parvozni amalga oshirdi.

Ta’kidlanishicha, aviakompaniya tomonidan Jidda — Namangan — Jidda yo‘nalishidagi parvozlar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniya saytida Namangandan Jiddaga parvozlarga bir tomonga chiptalar narxi 451 dollar, ya’ni taxminan, 5 515 000 so‘mni tashkil qilmoqda.