UzAuto Motors Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi
E’lon qilingan sana: · 199
UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvda mavjud bo‘lmagan “Lacetti”, “Damas”, “Labo” va “Cobalt” modellari narxlari qimmatlashgan. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
- Lacetti L-Style Plus AT — 160 mln 868 ming so‘mdan 169 mln 118 ming so‘mga;
- Damas D2 DLX Style Plus — 92 mln 204 ming so‘mdan 96 mln 932 ming so‘mga;
- Labo LB2 Plus: 91 mln 669 ming so‘mdan 96 mln 370 ming so‘mga;
- Cobalt GS-Style Plus MT — 113 mln 711 ming so‘mdan 119 mln 542 ming so‘mga;
- Cobalt GX-Style Plus AT — 134 mln 294 ming so‘mdan 141 mln 181 ming so‘mga.