“Toshkent—Samarqand” va “Navoiy—Buxoro” yo‘nalishlari uchun 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi
“Toshkent-Samarqand” va “Navoiy-Buxoro” yo‘nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqida ma‘lum qildi.
Prezident O‘zbekistonnning Turizmni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasida asosiy yo‘nalish sifatida zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat berilishini aytgan.
Ma‘lum qilinishicha, “Toshkent-Samarqand” va “Navoiy-Buxoro” yo‘nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi, 600 kilometr qo‘shimcha temir yo‘llar quriladi. 2025-yildan boshlab “Toshkent-Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, 2026-yildan esa ushbu yo‘nalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi.
Shuningdek, “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida pullik avtomagistrallar qurilishi prezident nutqida yana bir bor ta‘kidlangan. Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqarishi ham alohida qayd etilgan.