Uzbekistan Airways pensiya yoshidagilarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 230
Uzbekistan Airways pensiya yoshidagilarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi.

Chegirma 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (T-klass va undan yuqori) taqdim etiladi.

Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki O‘zbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Aviachipta sotib olayotganda pasport yoki ID karta talab etiladi.