Samarqanddan Urumchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yildi

E’lon qilingan sana· 263
Samarqanddan Urumchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yildi

Air Marakanda kompaniyasi China Southern Airlines bilan hamkorlikda Samarqanddan Xitoyning Urumchi shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Afisha.uz'ga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanini markazi — Urumchiga Samarqanddan har dushanba soat 01:30 da reys amalga oshiriladi. Urumchi xalqaro ayeroportidan Samarqandga qaytish reysi yakshanba kuni soat 23:20 ga rejalashtirilgan. Parvozlarning barchasi Boeing 737−800 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Avvalroq Samarqanddan Qozog‘istonning Turkiston shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandik.