Temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi

E’lon qilingan sana· 255
Temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17-apreldagi 159-son qaroriga muvofiq fuqarolar temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Temir yo’l vokzallariga tashrif buyuruvchilar endilikda soddalashtirilgan holda, ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.

Yo’lovchilar platformasiga-perronga yo‘lovchi poyezd chiptalariga ega bo’lgan yo’lovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo’lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o’tishlari mumkin.

Chiptalari yo‘q yoki chiptada ko’rsatilgan ma’lumotlar yo’lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo’lmagan fuqarolarning yo’lovchilar platformasi-perronga va yo’lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo’l qo’yilmaydi.