"Qoraqalpoq Luvri": Savitskiy muzeyining o'ziga xosligi nimada?
Nukusdagi Savitskiy muzeyi haqida hech bo‘lmaganda bir marta eshitmagan, balki bir necha bor tashrif buyurmagan o‘zbekistonlik bo‘lmasa kerak. Butun dunyodan kelgan san'atshunoslar bu joyning qadr-qimmatini alohida qayd etib, uni Luvrga tenglashtiradilar. Muzeyning o'ziga xosligi shundaki, uning asoschisi Igor Savitskiy "barcha qarashlar va qoliplardan" voz kechib, o'sha davrda hech narsaga o'xshamaydigan muzey yaratgan. Ko‘rgazma nimalardan iborat, nima uchun u “Cho‘ldagi Luvr” deb nomlangan va “Buqa” kartinasi haqida nimalar ma’lum – Afisha.uz maqolasida.
Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyi Qoraqalpogʻistonning eng jozibali joyi hisoblanadi. U Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining tarkibida Qoraqalpoqistonga ilk bor kelgan, uning asoschisi va birinchi direktori — I.V.Savitskiy nomi bilan atalgan.
I.V.Savitskiy o‘rtada. Foto: karakalpakstan.travel
Xalq-amaliy sanʼati buyumlarini toʻplagan Savitskiy, butun umrga Qoraqalpogʻistonga “oshiq” boʻlib qoldi. Uning tashabbusi bilan 1966-yilda Sanʼat muzeyi tashkil etilib, ushbu muzeyga Savitskiy umrining ohirigacha yangi durdona asarlarni izlagan va topgan. Savitskiy, vafotidan soʻng, 2002-yilda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Muzey Nukus shahrining markazida joylashgan. Uning kollektsiyasida yuz mingga yaqin eksponat mavjud. Koʻrgazmalar uchta asosiy boʻlimlar: tasviriy, Qoraqalpogʻiston xalq-amaliy sanʼati va Qadimgi Xorazm sanʼatidan iborat. Muzeyda 100 000 ga yaqin XIX-XX asrlarga tegishli xalq-amaliy sanʼati buyumlari saqlanadi. Bular: uy roʻzgʻor buyumlari, gilam mahsulotlari, ot anjomlari, yogʻoch mahsulotlari, milliy kiyimlar va zargarlik buyumalari, shuningdek, qoraqalpoqlarning mashhur milliy bosh kiyimlari (tobelik va saukele)lardir. Bundan tashqari, muzeyda qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlarning zargarlik buyumlari keng namoyish etilgan.
Muzeyda 19−20-asr oxirigacha boʻlgan xalq amaliy sanʼatining 10 mingga yaqin ashyolari saqlanadi. Bular: uy-roʻzgʻor buyumlari, gilamlar, ot jabduqlari, yogʻochdan yasalgan buyumlar, milliy kiyim-kechak va taqinchoqlar, jumladan, mashhur tobelik va saukele — qoraqalpoqlarning anʼanaviy bosh kiyimlari. Qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, qozoqlar va turkmanlarning zargarlik buyumlari boy ifodalangan.
15000 dan ortiq arxeologik toʻplam Qoraqalpogʻiston madaniyati tarixining asosiy bosqichlari: Bronza davri va qadimiy davlatlarning vujudga kelishidan boshlab (ularning orasida eng taniqlisi Qadimiy Xorazm), Oʻrta asrlarning boshlari va Xorazm Temuriylar Imperiyasi tarkibiga kirgan XIV asrning ohirlarigacha boʻlgan davrni oʻzida aks ettiradi. Ushbu toʻplam oʻz ichiga: spool, alebaster, tosh, suyak, yogʻoch, teri va matodan tayyorlangan badiiy va uy roʻzgʻor buyumlarini oʻz ichiga oladi.
Muzeydagi eng qadimiy eksponat qoyaga oʻyib yozilgan rasmlarning namunasi-Bukantau togʻ tizmasining qoyatoshi boʻlagidagi ikki oʻrkachli tuyaning tasviri (mil.av.II asr) hisoblanadi. Arxeologik toʻplamdagi eng birinchi terakotta namunasi miloddan avvalgi V asrga tegishli hisoblanadi. U koʻylagi tovonigacha tushgan, usti yopinchiq bilan oʻralgan tiara-sifat bosh kiyim kiygan, oʻtirgan ayolni tasvirlaydi. Yana bir VII-VIII asrlarga oid Tuya-Muyun oti haykali ham diqqatga sazovor.
Tasviriy sanʼat namunalari, orasida XX asrda ijod qilgan Turkiston va Rossiya avangard ijodkorlari boʻlgan minglab asarlarni oʻz ichiga oladi. Shu jumladan, bu bunday ijodkorlar qatoriga: L.Popova, A.Shevchenko, A.Nikolayev (Usto Mumin), V.Lisenko, G.Nikitin, R.Falk, V.Pestel, M.Le Dantu, R.Mazel, A.Volkov, P.Benkov, M. Kurzin, N.Karaxan, E.Korovay, U.Tansikbayev va boshqalarning ijod namunalarini keltirish mumkin. Muzeyning ana shunday noyob toʻplamga ega boʻlishi dunyo hamjamiyatining keng qiziqishlariga sabab boʻldi.
G.Nikitinning “Alisher Navoiy Portreti” asari qiziqarli tarixga ega. Rassomning vafotidan soʻng, bu asar deyarli yoʻqolib ketish boʻsagʻasida boʻlgan. Savitskiy rassomning bevasidan ushbu asarni unga berishini oʻtinib soʻragan hamda asarni moskvalik restavratorlarga qayta tiklash uchun topshirgan.
Rasmlar toʻplamida, shuningdek, mahalliy rassomlar: K.Saipov, K.Berdimuratov va J.Kuttimuratovlarning ham ishlari oʻrin olgan. I.V.Savitskiyning oʻzining asarlari toʻplami muzey uchun katta ahamiyatga ega.
Muzeyning kutubxonasi: tarix, etnografiya, arxeologiya, sanʼat tarixi, shuningdek, turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarni oʻz ichiga olgan 10,000ga yaqin ilmiy adabiyotlardan iborat.
Muzeyning kutubxona fondida tarix, etnografiya, arxeologiya, san’atshunoslikka oid 10 mingga yaqin ilmiy kitoblar hamda turli ma’lumotnoma nashrlari mavjud.
Muzey va uning toʻplamlari Qoraqalpogʻistonning darhaqiqat “marvaridi” hisoblanadi. Bejizga muzey, “dunyoning eng ajoyib muzeylaridan biri” (Guardian nashri) va “Albatta boorish lozim boʻlgan joy” (New York Times jurnali) deb eʼtirof etilmagan.
Muzeyning “tashrif qog’ozi” — “Buqa” rasmi haqida
“Vasiliy Lisenkoning „Buqa“ kartinasi muzeyimizning oʻziga xos eksponatlaridan biridir. Sovet davrida muzeyga bir necha bor tashrif buyurgan san’atshunoslar ushbu rasmga alohida e’tibor qaratishgan. U boshqa san’at asarlariga qaraganda yaqqol ajralib turardi. Rassom Vasiliy Lisenkoning o’zi ajoyib shaxs bo’lgan, uning tarjimai holini muzeyimiz direktorlaridan biri Veronika Babanazarova tiklagan. Vasiliy Lisenko Kazimir Malevichning shogirdlaridan biri hisoblanadi va uning 8−10 ga yaqin asarlari saqlanib qolgan. Bu asarlarning aksariyati bizning muzeyimizda. „Ushbu rasmda nima tasvirlangan?“ degan savol atrofida turli qarashlar bo’lgan”, — deydi I.V. Savitskiy muzeyi direktori Tigran Mkrtichev.
Uning so’zlariga ko’ra, muzeyda restavratsiya pasportlari mavjud bo’lib, unda ushbu kartina “Fashizm bostirib kelmoqda” deb nomlangan. Gap shundaki, 70-yillarda toshkentlik san’atshunoslar rasmda “antisovet da’vatlarini” ko’rgan va bu katta tanqidiga sabab bo’lgan edi.
“Shundan so’ng, Igor Vitaliyevich Savitskiy bu rasm „antifashistik“ ekanligini aytgan. Bu ajoyib hayvon, aslida uchib ketayotgan „fantastik buqa“. Mendan bu asar nima haqida, deb so‘rashganda, Moskvadagi hamkasblarimdan birining so‘zlari esimga tushadi: har bir rasm sirli va jumboqlarga boy. Shuning uchun, uning asl mohiyatini tushuntirish juda qiyin. Lekin men sizning e’tiboringizni ba’zi narsalarga qaratmoqchiman: ahamiyat bersangiz, buqa uchmoqda. U go’yo rasmdan tashqariga chiqib ketayotgandek. Uning ko’zlari ko’pincha o’q iziga qiyoslanadi. Shuningdek, shoxlarga e’tibor bering. Ulardan biri tabiiy rangda, ikkinchisi esa mozaika va turli mamlakatlar bayroqlariga o’xshab bo’yalgan. Ammo biz yana bir narsani eslashimiz lozim — Lisenko Malevichning shogirdi bo’lgan va bu suprematizmga ta’zimdek qabul qilinsa yaxshi”, — deya qo’shimcha qildi Tigran Mkrtichev.
Ba’zi ekspertlar Vasiliy Lisenko uslubiga e’tibor berishlari va uni syurrealizm sifatida baholashlari bejiz emas. “Bu juda murakkab rasm, uning atrofidagi jumboqlar, sirli jihatlar va rassomning qayta tiklangan tarjimai holi juda ko’p e’tiborni tortadi”, — dedi muzey direktori.
I.V. Savitskiy nomidagi muzeyga kirish chiptalari narxi (O‘zbekiston fuqarolari uchun):
- kattalar uchun — 17 000 so’m (20 kishigacha bo’lgan ekskursiya xizmati — 66 000 so’m);
- oila — 16 000 so‘m (20 kishigacha bo‘lgan ekskursiya xizmati — 56 000 so‘m);
- talaba — 13 000 so‘m (20 kishigacha bo‘lgan ekskursiya xizmati — 52 000 so‘m);
- bolalar (12 yoshgacha) — 6 000 so’m (20 kishigacha bo’lgan ekskursiya xizmati — 33 000 so’m).
Ekskursiya xizmatlarining boshqa turlari:
- muzey ko‘rgazmalariga maxsus ekskursiya — 495 000 so‘m (20 kishigacha);
- saqlash joyiga tashrif buyurish (faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi ruxsati bilan) — 825 000 so‘m (10 kishigacha);
- Director`s Talk (muzey direktori bilan maxsus suhbat) — 1 485 000 so‘m (10 kishigacha);
- muzey direktori bilan maxsus ekskursiya — 2 310 000 so‘m (20 kishigacha).
Ekskursiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan press-tur doirasida bo‘lib o‘tdi.