Toshkent xalqaro aeroportida Safia kafesi ochildi

E’lon qilingan sana· 1 779
Toshkent xalqaro aeroportida Safia kafesi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida Safia qandolatchilik tarmog‘ining kafesi ochildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

Yangi ovqatlanish nuqtasi aeroport majmuasining ikkinchi qavatida, jo‘nash zalining “steril” hududida, B5-B7 chiqish yo‘laklarida joylashgan va kechayu-kunduz faoliyat olib boradi. Kafe menyusida issiq va sovuq ichimliklar, pishiriqlar, sendvichlar, salatlar va shirinliklar bor.

Xabar berilishicha, “Dota Baraka Pro” kompaniyasi E-auksion.uz elektron platformasidagi kim oshdi savdosida g‘olib bo‘lgan.