Toshkentning doimiy aholisi 3 milliondan oshdi

E’lon qilingan sana· 230
Toshkentning doimiy aholisi 3 milliondan oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabr holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3020,5 ming kishini tashkil etgan.

Shundan:

  • ayollar — 1,53 million;
  • erkaklar — 1,48 million.

Ma’lumot uchun, poytaxt aholi soni bo‘yicha 1 millionlik marrani 1960-yilda kesib o‘tgan, 1985-yilda aholi soni 2 millionni tashkil qilgan.