Toshkent metropoliteniga 2023-yil oxirigacha 56 ta yangi vagon sotib olinadi

E’lon qilingan sana· 292
Toshkent metropoliteniga 2023-yil oxirigacha 56 ta yangi vagon sotib olinadi

“Toshkent metropoliten” DUK yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi. Unda ma’lum qilinishicha, 2023-yil yakuniga qadar 56 ta yangi metro vagonlari sotib olinadi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 6 ta harakat tarkibi 5 ta vagondan tashkil topgan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda, ularning soni shu yilning oxiriga qadar 13 taga yetkaziladi — yil oxirigacha 56 ta yangi vagon sotib olinadi.

Bundan tashqari, 2024-yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida, tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi, deyiladi xabarda.