Toshkent metropoliteni tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlarga chiqmaslikni so’radi

E’lon qilingan sana· 111
Toshkent metropoliteni tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlarga chiqmaslikni so’radi

“Toshkent metropoliten” DUK yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqqan. Unga ko‘ra, poytaxt yo‘llaridagi yuqori balli tirbandliklar tufayli avtobuslardagi yo‘lovchilarni bir qismi metrodan foydalanishi hisobiga metro foydalanuvchilari kunma-kun ortib bormoqda.

Yo‘lovchilar sonini keskin ko‘payishi metro vagonlarga belgilangan yo‘lovchilarni sonini 2 marta ko‘payishi va buning hisobiga vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib metro poyezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.

Shu bilan birga, yo‘lovchilar tomonidan harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turib qolish, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanish hamda poyezdning bosh va so‘ngi vagonlari bilan bir qatorda o‘rta vagonlaridan teng foydalanmayotganliklari kechikishlarga asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda, deyiladi murojaatda.

Shu va boshqa sabablarni hisobga olib, yo‘lovchilardan tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlariga chiqmasdan, keyingi bo‘shroq metro vagonlarga chiqish so‘ralgan.