Toshkentda 14 va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishi o‘zgaradi
E’lon qilingan sana: · 1 512
Poytaxtda harakatlanuvchi ikkita — 14 va 89-sonli avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” ma’lum qildi.
2023-yil 16-oktyabr kunidan boshlab, 14-sonli “TTZ bozori — Toshkent vokzali” avtobus yo’nalishi harakati Yuzrabot ko’chasi bo’ylab TTZ avtoshoxbekatigacha uzaytiriladi. Uzaytirishdan so’ng 14-sonli yo’nalish TTZ bozorigacha harakatlanmasdan, “TTZ avtoshoxbekati — Toshkent vokzali” oralig‘ida harakatlanadi.
Shuningdek, 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo’nalishi harakati Chorsu savdo markazi bekatidan Paxtakor metrosi ASHBgacha qisqartiriladi. Qisqartirishdan so’ng 89-sonli yo’nalish “Qorasuv 1-mavzesi — Paxtakor metrosi” oralig’ida harakatlanadi.