"Nima ovqat?": Instagramda o'zbek tilida faoliyat yuritadigan fudblogerlar

E’lon qilingan sana· 916
"Nima ovqat?": Instagramda o'zbek tilida faoliyat yuritadigan fudblogerlar

Ko‘pchilik ayollar kechga yaqin “nima ovqat qilsam ekan?!”, degan savol bilan o‘ziga yoki oila a’zolariga yuzlanadi, ammo aksar hollarda tanlov oxir-oqibat baribir o‘zlariga qolaveradi. Bunday vaziyatlarda YouTube yoki Instagram orqali “foodbloger"lardan g‘oya olish mumkin. Umuman, ushbu blogerlarning “darsi” bilan kunlik ratsionga ham o‘zgartirish kiritish mumkin. Afisha.uz Instagram’dagi o'zbek tilidagi faol fudblogerlar sahifasini bir joyga to‘pladi.

Khafiza Sadullaeva

Xafiza Sa’dullayevaning sahifasida asosan milliy taomlar va turli shirinliklar retseptini topish mumkin. Shuningdek, ushbu fudbloger o‘z hayotining yorqin lahzalarini storislarda ulashib boradi.

FoodblogerShaxlo

Shaxlo o‘z sahifasida asosan chet el oshxonalaridan retseptlar ulashadi, ularni qanday tayyorlanishini ko‘rsatadi. Masalan, pasta, pitsa, lavash kabi taomlar qanday tayyorlanishini ushbu sahifa orqali o‘rganib, sinab ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari, u storislarda turli layfxaklarni ham ulashib turadi.

Foodblogger_xosi_cooking

15 mingdan ortiq shogirdi chiqarganini sahifasida alohida qayd etib o‘tgan ushbu fudbloger retsept ulashishdan tashqari ayollarga motivatsiya ham berib boradi. Tez va oson retseptlarni uning bepul videolaridan yoki alohida pazandachilik kursi orqali o‘rganishingiz mumkin.

Sardor|Foodbloger

Ro‘yxatda nega faqat ayollar deysizmi? Mana erkak fudbloger!

Risolat_cooking

Kam obunachiga ega, ammo qiziqarli va mazali retseptlarni ulashib boruvchi Risolatning sahifasi ham kechki ovqat tayyorlashga yaxshi g‘oyalar berishi aniq.

Cooking_looking

Bu sahifani tunda ko‘rish tavsiya etilmaydi — ishtaha ochish xavfi bor!

Tass_cooking

Pazanda Nodira Rahimova haqida eshitganmisiz? Ushbu fudbloger har kuni o‘z storislarida turli xil nonushta retsepti ulashib boriladi.

Vkusno_by_Seva

Sevara Oganovani ushbu ro‘yxatning eng mashhur blogeri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unga ko‘p ta’rif berib o‘tirish shart emas.

nura_cooking_

Shirinliksevarlar uchun ko‘proq shirinliklar retsepti!

Vkusnyaash

Shirinliklar, salatlar, milliy taomlar retsepti — barchasi estetik ko‘rinish bilan ulashib boriladi. Shunchaki, “mmm”!

Yoqimli ishtaha!