Tashkent City’dagi Yulduzlar muzeyiga Yulduz Usmonovaning haykali o‘rnatildi
E’lon qilingan sana: · 2 601
Tashkent City Park’da joylashgan Yulduzlar muzeyiga O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti — Yulduz Usmonovaning mum haykali o‘rnatildi, deya xabar berildi xiyobon ijtimoiy tarmoq sahifalarida.
24-sentabr kuni haykalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzeyga kirish narxi — 50 ming so‘m.
Eslatib o’tamiz, 16-sentabr kuni Yulduzlar muzeyiga taniqli so‘z ustasi Obid Asomovning haykali o’rnatilgan edi.