"Raqqosa favvoralar", sayr va savdo maydonchalari yoxud Seoul Mun hozir qanday ko‘rinishga ega?
Seoul Mun — poytaxtdagi yaqinda ochilgan yangi loyiha. Bo‘rijar kanali sohilidagi bu hududning bir tomoni qayta qurib bitkazilgan, ikkinchi tomonida esa jarayon davom etmoqda.
O‘zbekiston va Koreya respublikasining do‘stlik aloqalari sharafiga nomlangan Seul ko‘chasida joylashgani uchun ham u Seoul Mun, ya’ni “Seul darvozasi” nomini olgan. Bu yerda uch qavatga joylashgan qator zamonaviy tijorat binolari ham bor. O‘ziga xos “qavat"larda kuzatish maydonchasiga stollari o‘rnatilgan kafe va do‘konlar mavjud.
Qirg‘oqning o‘zi juda keng, unga oddiy zinapoya va eskalator orqali tushish mumkin. Bundan tashqari, nogiron yoki shunchaki charchagan odamlarga qulaylik yaratish uchun lift ham bor, u mayoqdek ko‘rinadi.
Qirg‘oq yaqinida esa asosan kichik va ko‘pincha yopiq inshootlar joylashgan. O‘tirishga joy ham topiladi, deyarli hamma joyda stol-stullarni uchratish mumkin. Aksariyat muassasalar qahvaxonalar va choyxonalardir: har xil turdagi issiq qahva, tapioykali choy, kokteyl yoki limonad, har kim o’z didiga mos keladigan narsani topadi.
Desert qidirayotganlar o‘zlarini turli shirinliklar bilan mehmon qilishi yoki Tailand muzqaymoqlarining tayyorlanishini tomosha qilishlari mumkin.
Ovqatlanmoqchi bo’lganlar uchun birinchi qavatda tanlov unchalik katta emas — ichki va tashqi o‘rindiqli Panda, o‘nlab stolli Bellisimo va ikki qavatni egallagan KFC. B&B, IzI va boshqalar kabi taniqli nomlar qayd etilgan yuqori qavatda muassasalarning ancha keng tanlovi taklif etiladi. Katta ichki xonalarga qo‘shimcha ravishda, qirg‘oqqa qaraydigan terassada joylashgan stollar ham bor.
Muhim diqqatga sazovor joylardan biri bu — favvoralardir va buning sababi bor. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oqning markazida, ikki tomonda uzun qator bo‘lib joylashgan, kechqurun u bir qala qiziquvchilarni o‘z oldiga yig‘adi. Gap shundaki, bu favvoralar oddiy emas, balki rangli-musiqiy. Yonlarda joylashgan fontanlar to‘plami mehmonlarni hayajonli raqs dasturi bilan quvontiradi.
Ushbu tadbir har soatda boshlanadi va taxminan 30 daqiqa davom etadi. Har bir qo‘shiqning o’ziga xos “xoreografiyasi” bor, musiqa janri qo’shiq matnidan tortib jo’shqin pop janrigacha o’zgarib turadi hamda mahalliy va xorijiy ijrochilarni, ayniqsa, koreys ijrochilarni o‘z ichiga oladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, “raqqosalar” dasturi juda xilma-xil bo‘lib, harakatlar muvofiqlashtirilgan va sizni ko‘zingizni uzmasdan kuzatib borishga majbur qiladi. Ular go‘zal, ba’zan tez, ba’zan sekin, lekin eng muhimi, uyg‘un va sinxron harakat qiladi, hech kimni befarq qoldirmaydilar.
Darhaqiqat, hamma narsa tomosha qilish uchun qulay qilib yaratilgan: favvoralar ro‘parasida zinapoyalar mavjud. Katta, yog‘chga o‘xshash zinapoyalar tomoshabinlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ular birinchi qatordan to‘rtinchi qatorgacha. Kanal ustidan ikkita ko‘prik o‘tgan, ular ham ajoyib manzaralarni taqdim etadi. Bundan tashqari, butun qirg‘oq bo‘ylab ko‘plab skameykalar mavjud.
Bilgan odamlar tezda o‘z o‘rnini egallab, shou boshlanishiga tayyorgarlik ko‘radi, tadbir o‘rtasida rostan ham odam ko‘payib ketadi. Musiqa va yorqin nurlarni qadrlay oladiganlar, shubhasiz, bolalardir, bu yerda ular uyalmasdan, bemalol raqsga tushishi mumkin. Ota-onalar ham o‘zlarini band qilish uchun biror narsa topadi, albatta. Juda yaqin joylashgan o‘yinchoqlar va shirinliklar do‘konlarida osonlikcha pul sarflab qo‘yishingizgiz turgan gap.
Ko’pgina taniqli brendlar, kiyim-kechak do‘konlari va restoranlari yaqin kelajakda ochilishi kutilmoqda. Shu sababli, Seul Mun, shubhasiz, siz oqshomni do‘stlaringiz, oilangiz, muhim boshqa odamlar yoki ularning barchasi bilan birga maroqli o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan joy deb hisoblash mumkin.