Toshkentda ilk bor Pull&Bear rasmiy do‘koni ochiladi

E’lon qilingan sana· 1 965
Toshkentda ilk bor Pull&Bear rasmiy do‘koni ochiladi

Pull&Bear Tashkent City Mall savdo markazida O‘zbekistondagi ilk rasmiy do‘konini ochishga tayyorlanmoqda.

Brendga 1986-yilda asos solingan, 1991-yilga kelib esa u Inditex kompaniyasi tarkibiga qo‘shilgan. O‘shandan beri kompaniya yoshlar modasiga e‘tibor berib keladi.

Pull&Bear o‘smirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan Pacific Republic erkaklar va ayollar kolleksiyalarini, shuningdek, ochiq havoda mashg‘ulotlar, musiqa va sportdan ilhomlangan yoshlar uchun XDYE liniyasini taklif etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashkent City Mall’da Zara rasmiy do‘koni ochilishi haqida ham xabar berilgandi.