Anons
Uzplogging ekologik yugurish musobaqasi
E’lon qilingan sana: · 6

Toshkentda «Butunjahon tozalik kuni» doirasida UzPlogging aksiyasi, Clean game o‘yinlari, ekologik toza va qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, chiqindi yig‘ish shaxobchalari va qayta ishlovchi korxonalar faoliyatiga oid videorolik, chiqindilarni saralash va zararli chiqindilarni to‘g'ri saqlash bo‘yicha mahorat darslari namoyish etiladi.
Tadbir davomida atrof-muhitni chiqindilardan tozalash borasida mehnat qilib kelayotganlarni taqdirlash marosimi va konsert dasturi ham tashkil etiladi.
Qatnashmoqchi bo‘lganlar bu yoki bu kontakt orqali murojaat qilishlari lozim.
- 16 sentabr, 09:30Anhor parkToshkent, Labzak ko‘chasi