O‘zbekistonda Germaniya haftaligi o‘tkazilmoqda
12−30-sentyabr kunlari O‘zbekistonning turli shaharlarida Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda. Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning serqirra ekanini ko‘rsatishdir, deya xabar berdi Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi.
Ushbu haftalik davomida strit-art festivali, ochiq eshiklar kuni, qator ko‘rgazmalar, Germaniyada o‘qishga qiziquvchilar uchun axborot tadbirlari va boshqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Omma uchun ochiq tadbirlar dasturi
“Koinot. Inson. Aql-idrok” ko‘rgazmasi
5−26-sentabr kunlari, Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi.
Layptsiglik Vradi san’atkorlar juftligining chiroqlar installyatsiyasi
10-sentabr, Samarqand
Gyote-Institutida Ochiq eshiklar kuni
16-sentabr, soat 14:00−22:00
Strit-art festivali va Jim Avignon tomonidan jonli rasm, Dj: Holger Bayer
16-sentabr,
Ko‘rgazma va Jim Avignon / DJ Holger Bayer tomonidan jonli shou
17-sentabr,
Falling Walls Labs tanlovi
20-sentabr, Westminster University, Toshkent, 14:30−18:30
ZfA (Chet eldagi maktablar markaziy boshqarmasi) va DAAD (Germaniya akademik almashinuvlar xizmati) tomonidan taqdimot va axborot kuni
23-sentabr,
Ochiq osmon ostidagi GameDev Goethe 2023 / Demo Day mobil o‘yinlar ko‘rgazmasi
23−24-sentabr,
Qoraqalpog‘istondagi geografik axborot tizimi (GIS) laboratoriyasida ochiq eshiklar kuni
25-sentabr,
Farg‘ona viloyatida dual ta’limning mayoq loyihasi taqdimoti
26-sentabr,
Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida dual ta’lim bo‘yicha tadbir
26-sentabr,
“So‘g‘diyona” xalq cholg‘u asboblari kamera orkestri musiqa jo‘rligida ovozsiz “Qo‘g‘irchoq” filmining yakuniy konserti
30-sentabr, 18:00, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (taklifnoma asosida)