Toshkent hayvonot bog‘ining Akvarium va Terrariumi vaqtinchalik yopildi

E’lon qilingan sana· 168
Toshkent hayvonot bog‘ining Akvarium va Terrariumi vaqtinchalik yopildi

Toshkent hayvonot bog‘ining rasmiy Telegram sahifasida xabar berilishicha, Akvarium va Terrarium bo‘limlari ta’mirlash ishlari sababli vaqtinchalik yopildi.

Ushbu bo‘limlar qancha vaqt yopiq bo‘lishi noma’lum. Hayvonot bog‘i vaziyat bo‘yicha uzr so‘rab, tez orada ularning qaytadan ochilishini e’lon qilishga va’da bergan.