Toshkentdagi Istirohat ko‘chasining bir qismi vaqtinchalik yopiladi

E’lon qilingan sana· 161
Toshkentdagi Istirohat ko‘chasining bir qismi vaqtinchalik yopiladi

Uchtepa tumanidagi Istirohat ko‘chasining bir qismi vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Shu ishlar doirasida, Uchtepa tumanida joylashgan Istirohat ko‘chasining Istirohat 2-tor ko’chasi bilan kesishmasidan (Istirohat chorrahasi) Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismi 12-sentabrdan 17-sentabrgacha qisman yopiladi.

Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ