Toshkent modernistik me’morchiligini asrab-avaylashga oid ilk konferensiya bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 92
Toshkent modernistik me’morchiligini asrab-avaylashga oid ilk konferensiya bo‘lib o‘tadi

2023-yil 18−19-oktabr kunlari “Tashkent Modernism XX/XXI” nomli merosni tadqiq etish va saqlash loyihasi doirasida “Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi axborot xizmati xabar berdi.

Anjuman Toshkent modernizmining eng diqqatga molik binolaridan biri hisoblangan O‘zbekiston davlat san’at muzeyida o‘tkaziladi va tadbir loyiha rivojiga ahamiyatli hissa qo‘shgan taniqli me’mor va tarixchi Jan-Lui Koen (1949−2023) xotirasiga bag‘ishlanadi.

Anjumanda asosiy ma’ruza bilan mashhur niderlandiyalik me’mor Rem Kolhas so‘zga chiqadi. Shuningdek, dasturda “Pinakoteka Brera” va Milliy Braydenze kutubxonasi bosh direktori Jeyms M. Bredbern, yozuvchi va muhofiz Shumon Basar, Meksika Antropologiya va tarix muzeyi direktori Eduardo Escalante Karrilyo, “S AM” Shveysariya me’morchilik muzeyi direktori Andreas Rubi, “MAXXI Architettura” direktori Davide del Kurto, Milan politexnika universiteti me’morchilik restavratsiyasi kafedrasi professori Lorensa Baronchelli, me’mor Aleksandr Kuranov hamda inshootlarni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa o‘zbekistonlik va xalqaro yetakchi mutaxassislar, me’mor va tarixchilarning so‘zga chiqishlari rejalashtirilgan.

Konferensiyadan maqsad Toshkentning modernistik merosini yoritishdan iborat. Tadbir, shuningdek, jahon tajribasini jamlab, shahar me’moriy merosini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani amalga oshirish uchun g‘oyalar almashinuviga ko‘maklashishdan ham iborat, deya ta’kidlanadi jamg’arma xabarida.

“Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” konferensiyasi dasturi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Laboratorio Permanente” bilan hamkorlikda ishlab chiqilqan “madaniy yo‘lak” bo‘ylab o‘tkaziladigan ekskursiya bilan boshlanadi. Marshrut “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasida taqdim etilgan va madaniy meros inshootlari sifatida anglashiluvchi 20 tacha binolarni o‘zaro bogʻlaydi. iOS va Android foydalanuvchilar e’tiboriga uchun qoʻshimcha arxiv foto va video materiallarga ega boʻlgan 3 tildagi sayyohlik ilovasi havola etiladi.

Konferensiya o‘tadigan kunlarda ikki yillik izlanishlar natijasi bo‘lgan “Tashkent Modernism.Index” ko‘rgazma loyihasi barcha uchun ochiq bo‘ladi. Ilk bor ko‘rgazma 2023-yil aprel oyida Milanda triennale maydonlarida taqdim etilgan. Tomoshabinlarga o‘z kasbining ustalari bo‘lgan Armin Linkening zamonaviy fotosuratlari hamda izlanishlardan darak beruvchi hikoyalar va modernistik obidalarni asrab qolish strategiyalarini ochib beruvchi arxiv hujjatlari taqdim etilgan edi.

“Tashkent Modernism.Index"ning Toshkentdagi taqdimoti kengaytirilib, arxiv hujjatlari hamda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlariga taalluqli 1960−80-yillardagi san’at asarlari bilan boyitiladi. Bu esa tashrif buyuruvchilarga ushbu davr madaniyati va me’morchiligiga chuqurroq sho‘ng‘ish imkoniyatini beradi.

“Tashkent Modernism XX/XXI” O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasiga binoan tayyorlangan keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot loyihasidir. Me’mor Yekaterina Golovatyuk tomonidan asos solingan “Grace” Milan me’morchilik studiyasi loyiha muvofiqlashtiruvchisi bo‘ldi. Tadqiqot guruhi butun dunyodan jamlangan me’mor, tarixchi va yetakchi mutaxassislar, shu jumladan, san’atshunos va muhofiz Boris Chuxovich, “Laboratorio Permanente” va Milan politexnika universitetining Me’morchilik va urbanistika kafedrasidan iborat.

Shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Rizzoli” va “Lars Müller” nashriyot-matbaa uylari bilan birgalikda “Tashkent Modernism XX/XXI"ga bag‘ishlangan kitoblarni chop etadi.