Dubay 2023-yil kuz mavsumi uchun ochiq: amirlik bilan yaqindan tanishish uchun 10 ta joy
Dubayda kuz fasli doimo intiqlik bilan kutiladi. Yozgi ta’tildan so’ng yoz oylarida yopiladigan sevimli attraksionlar, bog’lar va kuzatuv maydonchalari o’z eshiklarini qayta ochadi; shaharda yangi ko’ngilochar yangiliklar, festivallar va ko’rgazmalar bo’lishi kutilmoqda.
Kuzda Dubay sayohatchilarga hayajonli cho’l sarguzashtlari va parashyutdan sakrashdan tortib, kulinar tajribalar va global brendlarning moda namoyishlarigacha bo’lgan qiziqarli taassurotlarni taqdim etadi. Dubay barchaga uchun unutilmas hordiqni va’da qiladi.
15-sentabr kuni Dubai Miracle Garden eshiklarini yana ochadi — dunyodagi eng katta gul bog’i — shaharning asosiy diqqatga sazovor joylari ko’rinishida tasvirlangan 50 million gullar va me’moriy inshootlarning nusxalari, shuningdek, Sevgi xiyobonidagi yurak shaklidagi arkalardan iborat.
16-sentabr kuni ko‘pchilik uchun sevimli ko’ngilochar joy — Hot Air Balloon ochiladi — bu yerda cheksiz Arab cho‘li ustida havo sharida parvozlar qilish mumkin. Sayohatchilar 1200 metr balandlikda cheksiz qumtepalarni, o‘tlayotgan jayronlarni va mahobatli Hajar tog‘larini ko‘rishadi.
Ajoyib tog 'manzaralari bilan mashhur Xatta ga ekskursiya dasturlari yana xizmat ko’rsata boshlaydi. Qadim zamonlarda bu kichik shaharcha o’zining harbiy qal’asi va kichik fermer xo’jaliklari bilan mashhur bo’lgan va bugungi kunda u ochiq havoda sayr qilishni va go’zal tabiatni sevuvchilarning diqqatga sazovor joyiga aylandi. Turli xil qiyinchilik darajasidagi marshrutlar bo’ylab velosipedda sayr qilish, Xatta Dam ko’li to’g’onida kayak va ajoyib tog' manzaralari fonida ot minish sayyohlar orasida ayniqsa mashhur.
Kuz qiziqarli festivallar va ko’rgazmalarga boy bo’ladi. 10−15-oktabr kunlari Dubayda Nyu-York, London, Milan va Parijdagi moda haftaliklari bilan bir qatorda 5 ta eng muhim xalqaro moda haftaliklaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Arab moda haftaligi Dubai Fashion Week (DFW) boʻlib oʻtadi. Dubay Fashion Week`da BAA, Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo va Amerikadan iqtidorli dizaynerlar ishtirok etadi. Tadbir tomoshabinlar e’tiborini shaharning ijodiy soha va moda sanoatidagi ulkan yutuqlariga qaratadi.
16−19-noyabr kunlari Dubayda eng yaxshi xalqaro golfchilar ishtirok etadigan Dubai Desert Classic & DP World Tour Championship musobaqasi bo’lib o’tadi. Ushbu sport turi muxlislari turnirlarni tomosha qilishlari va Emirates Golf Club, Dubai Creek Golf & Yacht Club va Jumeirah Golf Estates`ning ajoyib golf maydonlarida o’ynashlari mumkin.
Golf turniri bilan bir qatorda shaharda Dubai Watch Week soat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. 16−20 noyabr kunlari soha mutaxassislari va ishtirokchilari bilim almashishlari, yangi biznes aloqalarini o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi. Kutilayotgan ishtirokchilar orasida Akrivia, Audemars Piguet, Bvlgari, MB&F, TAG Heuer, Breitling, Greubel Forsey, Ulysse Nardin, Montblanc va boshqa shu kabi brendlar bor.
Kuzda amirlik adrenalin olishni yaxshi ko’ruvchilarga Skydive Dubai ekstremal sport markazida unutilmas “parvoz"ni taklif qiladi — afsonaviy Palm-Jumeyra oroli yoki Arab cho’li ustidan parashyutda hayajonli sakrashni amalga oshirish mumkin. Tajribaga ega bo’lganlar yakka holda yoki tandem sakrashlarida o’zlarini sinab ko’rishlari mumkin. Mutlaq ilk bor sakrayotganlar ham tashvishlanmasa bo’ladi — ular samolyot bortiga qadam qo’yishdan oldin o’qituvchilar tomonidan puxta tayyorlanadi.
Dubay Marina hududida siz dunyodagi eng uzun shahar ziplayn XlineDubai`ga uchishingiz mumkin bo’ladi, bu ziplayn eng tezkorlaridan biri hisoblanadi. Bir kilometr uzunlikdagi marshrutni “kesib o’tayotganda” siz shahar osmono’par binolari va ularni o’ragan superyaxtalar bo’ylab 80 km/soat tezlikda ucha olasiz.
Eng jasoratlilar o’zlarini sinab ko’rishlari va Edge Walk ochiq maydonida osmono’par binoning chetida yurishlari mumkin bo’ladi. Ushbu hayajonli attraksion Dubay markazidagi Address Sky View mehmonxonasining tomida 219 metr balandlikda joylashgan. Keyinchalik, kki darajali SkyObservatory kuzatuv maydonini o’rganish, ikkita mehmonxona minorasini bog’laydigan 46 metrli shisha yo’lak bo’ylab yurish va Dubaydagi asosiy diqqatga sazovor joylar fonida 53-qavatdan pastki qavatga Sky Glass Slide`da tushish mumkin.