Toshkentda o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan vaqtinchalik ekspress-avtobuslar yo‘lga qo‘yildi
E’lon qilingan sana: · 663
Poytaxda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maxsus ekspress-avtobuslar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” AJ.
Maxsus avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanadi:
- “TashPTI (SamPI) — Buyuk ipak Yo‘li metrosi” M.Ulug‘bek shoh ko‘chasi orqali 5 dona;
- “TTZ ASHB — Buyuk ipak Yo‘li metrosi” M.Ulug‘bek shoh ko‘chasi orqali 5 dona;
- “TTZ ASHB — Buyuk ipak Yo‘li metrosi” Buyuk ipak Yo‘li ko‘chasi orqali 5 dona katta hajmli MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar.
Yo‘nalishning ish vaqti soat ertalab
Yo‘nalishlarning yo‘l kira haqi 2000 so‘m etib belgilangan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari soni 167 taga yetkaziladi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshiriladi. Bundan tashqari, 4-sentyabrdan boshlab Toshkentda qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.