Bayram kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi

E’lon qilingan sana· 92
Bayram kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo bulutli bo‘lib, bu kunlar davomida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

So‘nggi haftada O‘zbekistonda mintaqa uchun avgust oyining oxiriga xos bo‘lmagan ob-havo bo‘ldi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan birin-ketin nam havo kirib keldi.

Yozning oxirgi kuni va bayram kunlari — 1−3-sentabrda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi. Ertalab havo sezilarli salqin, havo harorati +14…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda 31-avgust va 1−2-sentabr kunlari kam bulutlilik kuzatiladi, 3-sentabrda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +26…+29, kechasi +15…+17 daraja iliq bo‘ladi.