O‘zbekistonda eng uzun shokolad tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatiladi

E’lon qilingan sana· 5 431
O‘zbekistonda eng uzun shokolad tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatiladi

1-sentabrda Toshkentda Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan uzunligi 4 metr bo‘lgan shokolad tayyorlanadi. Ushbu shokoladli tashabbus “Iman chocolate and fruits” jamoasining qandolatchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Kompaniya “Bean to bar” texnologiyasi asosida dondan to shokolad plitkasigacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan holda faoliyat olib boradi. Shokolad ishlab chiqarishda Kot-d‘Ivuar mamlakatidan keltirilgan kakao doni va kakao qirindisidan foydalaniladi.

1-sentabr kuni soat 19:00da “Navro‘z” bog‘ida bo‘lib o‘tadigan tadbirda kompaniya tomonidan tayyorlangan shokoladlarni taʼtib ko‘rish va rekord darajadagi shokolad tayyorlash jarayonlarini kuzatish imkoniyati yaratilmoqda. Tadbirga kirish bepul.