Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtinchalik yopiladi
E’lon qilingan sana: · 3 260
30-avgustdan 4-sentyabrga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasining pastki tomonidan Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, poytaxtda yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv tosishi holatlarining oldini olish maqsadida ayni kunlarda kollektor-drenaj tizimi quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. 30-avgustdan 4-sentyabrgacha yuqorida ko‘rsatilgan hududda joylashgan kollektor quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo`lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.