Xalqaro aeroportdagi estakadada harakat tiklandi

E’lon qilingan sana· 381
Xalqaro aeroportdagi estakadada harakat tiklandi

“Toshkent” xalqaro aeroporti yo‘l belgilarining yangilanishi munosabati bilan 28-avgust kuni cheklangan estakadada harakat tiklandi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Toshkent aeroportining estakadaga yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun kirish bepul.

Xabarda terminalga estakada orqali borish qoidalari ham keltirilgan:

  • estakadaning o‘ng chizig‘i turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun, chap chizig‘i taksilar uchun mo‘ljallangan;
  • yoʻlovchilarni estakadada qisqa muddatga tushirish/olish avtomobillar uchun 5 daqiqadan, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun — 10 daqiqadan oshmasligi lozim;
  • estakadaning o‘ng va chap qatorlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga solinishi mumkin.

Estakadada bir vaqtning o’zida 30 tagacha avtomobil yoki sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda 17 tagacha avtomobil bo’lishi mumkin.