Anons
Uzplogging ekologik yugurish musobaqasi
E’lon qilingan sana: · 21
Ekopark`da poytaxt aholisi salomatligini mustahkamlash va atrof-muhitni asrashga qaratilgan Uzplogging ekologik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ishtirok etish shartlari:
- havola orqali ro’yxatdan o’tish;
- Ekopark`da joylashgan yig’ish punktigacha yo’lda plastmassa yig’ib, kamida 3 km masofani bosib o’ting va Strava kabi treker yoki shunga o’xshash dastur yordamida harakatni yozib oling;
- yig’ilgan plastmassani yig’ish punktiga topshirgandan so’ng, yutuqni ijtimoiy tarmoqlarda chop eting, poyga tashkilotchilari haqida fikr bildiring.
Ishtirokchilarning yig’ilish vaqti soat 10:00 da.
Qabul punktlarining ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha.
Yig’ilgan plastmassa qayta ishlanadi.
Har bir yuguruvchiga qayta ishlangan plastik chiqindilardan tayyorlangan futbolka va medal beriladi. Eng ko‘p plastik to‘plagan uchta g‘olib tashkilotchilar tomonidan 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofotlariga ega bo‘ladi.
Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ProRun yugurish maktabi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
- Sana27 avgust, 10:00JoyЦентральный экопарк Ташкента имени З.М. БабураToshkent, C-1, Hamid Olimjon ko‘ch. va O‘zbekiston ovozi ko‘ch. chorraha