O‘zbekiston tarixiy arxiv hujjatlari YUNESKOning "Jahon xotirasi" ro'yxatiga kiritilgan

E’lon qilingan sana· 98
O‘zbekiston tarixiy arxiv hujjatlari YUNESKOning "Jahon xotirasi" ro'yxatiga kiritilgan

2023-yil 10−24-may kunlari YUNESKO Ijroiya kengashining 216-yig‘ilishida Jahon xotirasi xalqaro ro’yxatini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Roʻyxatga Oʻzbekistondan ikkita hujjat kiritildi: “Buxoro amirligi Qushbegi mahkamasining arxiv fondi” (Oʻzbekiston Milliy arxivi) va “Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari” (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Al-Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti).

“Buxoro amirligi Qushbegi devonining arxiv fondi” Buxoro hukmdorlarining eng yirik arxividir. Unda 200 yildan ortiq vaqt davomida hozirgi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va qisman Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni aks ettiruvchi hujjatlar o‘rin olgan.

“Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari” XIII asrda yashab o‘tgan buyuk so‘fiy ustozlaridan hisoblangan shoir, faylasuf, olim va dinshunos Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlarining to‘liq to‘plamidir. Hujjat Bolgariya, Germaniya, Eron, Tojikiston va Turkiya bilan hamkorlikda tayyorlangan.

“Jahon xotirasi” dasturi dunyoning qimmatli arxiv va kutubxona fondlarini saqlash, ularda saqlanayotgan xazinalar haqidagi ma’lumotlarni keng tarqatish maqsadida 1992-yilda YUNESKO tomonidan tashkil etilgan.