Anons

Geek Con Tashkent festivali

E’lon qilingan sana· 192
Geek Con Tashkent festivali

Central Park`da Geek Con Tashkent festivali bo’lib o’tadi.

Geek Con Tashkent — O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan Comic Con festivalining uzoq kutilgan analogidir.

Mehmonlarni nimalar kutmoqda:

  • taklif qilingan xorijiy aktyorlar;
  • kospleylar tanlovi;
  • suvenirlar va mahsulotlar yarmarkalari;
  • orkestrdan saundtreklar ijrosi;
  • fotozonalar;
  • hamfikrlar bilan tanishish;
  • keytering.

Birinchi taklif etilgan mehmon aktyor va dublyaj rejissyori — Aleksandr Gavrilin bo’ldi. U “Qasoskorlar” va “Tor” turkumidagi filmlarda Loki qahramonlari, shuningdek, “Twilight” va “Betmen” filmlarida Robert Pattinson ijro etgan obrazlarga rus tilida ovoz bergan.

Chipta narxi:

  • Geek Con Tashkent`ga — 100 000 so‘m;
  • Aleksandr Gavrilindan avtograf va u bilan fotosessiya uchun — 50 000 so‘m.

Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Tadbirga kirish 13 yoshdan oshgan shaxslar uchun bo’lib, qat’iy chiptalar orqali amalga oshiriladi.

Yosh ishtirokchilarga ota-onalar hamrohlik qilishi mumkin.

  • Sana
    24 sentabr, 15:00
    Joy
    Alpomish
    Toshkent, Beruniy ko‘ch., 41
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ