O'zbekistonda Nike krossovkalari ishlab chiqarila boshlandi
Oʻzbekiston korxonasi konveyyerlaridan Nike brendining ilk mahsulotlari chiqarilishi boshlandi. Oʻzbekiston transmilliy kompaniyaning rasmiy shtrix kodini oldi. Ta’kidlanishicha, korxonada kuniga jahonga mashhur brendning 6000 juft krossovkalari ishlab chiqariladi.
Nike transmilliy kompaniyasi oʼz brendi ostidagi sport poyabzallarini Oʼzbekistonda ishlab chiqarishga 2019-yilda rasman ruxsat bergan edi.
Xitoylik investorlar tomonidan 3 mln dollar evaziga Аndijon viloyatida ish boshlagan Sino International xorijiy kompaniyasi oʼtgan 5 yil mobaynida Nike kompaniyasi tomonidan belgilab berilgan xalqaro standartlar xususan, ishlab chiqarish linyalarini barpo etish, ishchi-mehnatchilarga muqobil sharoitlarni yaratish, brend tomonidan yoʼlga qoʼyilgan sifat nazoratlarini toʼliq bajarishi natijasida brend krossovkalarining dastlabki partiyasi ishlab chiqarilishi boshlandi.
Bugungi kunda Sino International xorijiy kompaniyasida 50 nafar ishchi xodim mehnat qiladi. Sport poyabzallarining tag qismlarini quyish va ustki qisimlarini tayyorlash linyalari oʼz faoliyatini boshlagan.
«Oʼzbekistonlik mutaxassislarning malaka va koʼnikmalari esa Nike kompaniyasining Xitoydagi fililalidan kelgan texnologlar, dizayner va bichuvchilar tomonidan oshirilmoqda. Korxonada kuniga 6000 juft krossovka ishlab chiqarish imkoniyati bor. Yil oxiriga kelib bu quvvat 2 xissa ortishi rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.