Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali bir vaqtda ikkita tanlov uchun loyihalarni qabul qiladi

E’lon qilingan sana· 346
Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali bir vaqtda ikkita tanlov uchun loyihalarni qabul qiladi

Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali bir vaqtning o’zida ikkita tanlov uchun loyihalarni qabul qiladi: ekspert hay’ati fikriga ko‘ra TAF!23 tanlovi va iste’molchilar fikriga ko‘ra «2023-yil reklamasi» tanlovi.

Ikkita tanlovda qatnashishning yangicha formati mamlakatdagi barcha brendlar va agentliklarga 2022−2023-yillardagi o‘z faoliyatlari natijalarini ham mahalliy, ham xalqaro hay’atga, shuningdek minglab iste’molchilarga namoyish etish imkoniyatini beradi.

TAF!23 Toshkent reklama festivali — O‘zbekistondagi eng keng ko‘lamdagi tarmoq reklama voqeasi hisoblanadi. Festival dasturidan: TAF!23 va «2023-yil reklamasi» tanlovlari, beshinchi xalqaro reklama konferensiyasi, ko‘rgazma, ABC-shou — jahonning eng yaxshi reklamasi kolleksiyasi, g‘oliblarni taqdirlash marosimi, Night party o’rin olgan.

Ekspertlar fikriga ko‘ra TAF!23 tanlovi uchta yo‘nalish: Marketing & Creative Effectiveness, Creativity & Craft, Social bo‘yicha 19 ta nominatsiyada keyslarni qabul qiladi. Tanlovda 2022−2023-yillardagi muvaffaqiyatli reklama kampaniyalari qatnashishi mumkin.

Short-listni tanlovning O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalarning 104 nafar vakilidan iborat mahalliy hay’ati saralab oladi. So‘ngra xalqaro hay’at g‘oliblarni aniqlaydi. TAF!23 tanloviga keyslar 4-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

Iste’molchilar fikriga ko‘ra «2023-yil reklamasi» tanlovi 8 ta nominatsiya bo‘yicha ishlarni qabul qiladi:

  • TV-reklama;
  • Internetda reklama;
  • Radioreklama;
  • Tashqi reklama;
  • Logotip;
  • Qadoq;
  • Sayt;
  • Mobil ilova.

«2023-yil reklamasi» tanloviga loyihalar 21-avgustga qadar qabul qilinadi.

28-avgustdan 25-sentyabrgacha Telegram-botda iste’molchilarning ochiq ovoz berishi o‘tkaziladi, u yerda har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Diyor Mirzaahmedov, TAF!23 festivali tashkilotchisi:

«Toshkent reklama festivali — bu muntazam rivojlanib borayotgan loyiha. Bu yilgi dasturda ko‘p yangiliklar mavjud. Birinchidan, biz bir vaqtda ikkita tanlov joriy qildik, toki barcha istovchilarda qatnashish formatini tanlash imkoni bo‘lsin: keyslarni ekspertlar fikriga ko‘ra TAF!23 tanloviga, reklama loyihalarining o‘zini esa — «2023-yil reklamasi» tanloviga topshirish mumkin. Ikkita tanlovda qatnashish nega zarur? Tanlovlarning ikkalovida qatnashish shart emas, lekin maqsadga muvofiq. Mana, nima uchun — bunda sizda g‘alaba qozonish imkoniyati ikki martaga ortadi. Shuningdek, bitta keys yoki reklamani bir necha nominatsiyaga taqdim etish ham mumkin, bu g‘olib bo‘lish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Loyihangizni mahalliy va xalqaro hay’at hamda minglab iste’molchilar ko‘radilar. Va eng asosiysi, loyihangiz TAF!23 festivali saytida saqlanib qoladi, bu esa mamlakatimiz tarixi demakdir. O‘tgan yilda tanlovda 203 ta brend va agentlikning 268 ta loyihasi qatnashgandi.

Ikkinchidan, biz birinchi marta festivalga Night Party atalmish katta ko‘ngilochar dasturini kiritdik.

Uchinchidan, biz joylashuvni o‘zgartirdik va festival maydonini sezilarli kengaytirdik, bu ko‘rgazma qismini qo‘shish va kreativ fotohududlar joylashtirish imkonini berdi. Hammani mamlakatdagi eng yaxshi brendlar va agentliklarni birlashtiruvchi festivalda qatnashishga taklif etaman!"

TAF!23 missiyasi — brendlarni rivojlantirish, marketing va reklama sohasidagi mutaxassislarni birlashtirish va o‘qitishdan iborat. G‘oyalarni, brendlarning iste’molchilar bilan kommunikatsiyasi samaradorligini solishtirish va baholashdan, eng yaxshi loyihalarni tanlash va sovringa hali erishmaganlarni rivojlanishga rag‘batlantirishdan qo‘rqmaslik ham festivalning o’ziga xos jihatlarini ochib beradi.

TAF!23ning asosiy sanalari:

  • «2023-yil reklamasi» tanloviga loyihalarni qabul qilish: 21-avgustgacha;
  • Ekspertlar fikriga ko‘ra TAF!23 tanloviga keyslar qabuli: 4-sentyabrgacha;

Iste’molchilar ovoz berishi: 28-avgustdan 25-sentyabrgacha.
Mahalliy hay’at ovoz berishi: 18-sentyabrdan 2-oktyabrgacha.
Xalqaro hay’at ovoz berishi: 5-oktyabr.

Mukofotlash marosimi «Anhor» bog‘idagi karting markazida 7-oktyabr kuni bo’lib o’tadi.
Shu sanda Xalqaro konferensiya, ABC show, Night party ham tashkil etiladi.

TAF!23 festivali doirasidagi tadbirlar to‘g‘risidagi batafsil axborot.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi.