Aga Xan mukofotining 3 sovrindori: jamiyat hayotini o‘zgartiruvchi loyihalar

E’lon qilingan sana· 87
Aga Xan mukofotining 3 sovrindori: jamiyat hayotini o‘zgartiruvchi loyihalar

Arxitektura jamiyat hayotini o‘zgartirishga qodir. Shu sababli O‘zbekistonda uchinchi marta arxitektorlar, dizaynerlar, talabalar va jurnalistlar uchun Me'mor//2023 tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlov qatnashchilari loyihalarini taqdim etishar ekan, obro‘li Aga Xan mukofotiga sazovor bo‘lgan 3 ta loyihani yodga olamiz. Sun'iy sovitish talab qilinmaydian qishloq maktabi, tomida giyoh ungan aeroport – qaysi yechimni O‘zbekistonda joriy qilish yaxshiroq? 

Arxitektura sohasidagi mukofot — bu o‘zingizni namoyon etish imkoniyatidir. Shu kunlarda O‘zbekistonda KNAUF kompaniyasi tashkil qilgan III ME’MOR//2023 arxitektura ko‘rik-tanlovi uchun loyihalarni qabul qilish ketmoqda, keling, arxitektura sohasida qandayloyihalar Aga Xon mukofotiga munosib ko‘rilgani bilan tanishaylik.

Bu yerda saralash nafaqat ko‘lam, texnik xarakteristikalar va yechimlarning teshategmaganligiga, balki u yoki bu obyekt jamiyat ehtiyojlariga qanchalik ta’sir ko‘rsatishigaqarab ham amalga oshiriladi.

“Argo” zamonaviy san’at muzeyi va madaniyat markazi, Eron: xalqqa yaqin san’at

Pivo ishlab chiqarish, deganda tasavvurga nima keladi? Ulkan bochkalar, savatlar, masalliqlarga to‘la qoplar va havoda muallaq pivo isi. Tehronda esa, eski pivo tayyorlash korxonasini zamonaviy san’at muzeyiga aylantirdilar. Shunchaki kartina va installyasiyalarni qo‘yib chiqmadilar, balki binoni butkul modernizatsiyalab, zamonaviylashtirdilar. Makonni takroriy ishlatish uchun ajoyib namuna yuzaga keldi. Hozir bu yerda to‘rtta qavat bor, ularda ko‘rgazmalar, bahs-munozaralar, kino namoyishlari o‘tkaziladi.

Madaniyat bo‘yicha Aga Xan trasti / Deed Studio (fotograf)

Arxitektor maksimal ravishda bino koloritini saqlab qolishga, shu bilan birga, mustahkam va barqarorligini ta’minlashga intilgan. Biroq, “Argo” madaniyat markazining ahamiyati faqat binoda va yangilangan dizaynda emas. Majmua bir qadam yaqinlikda san’at ruhiyati ufurib turgan makon yaratib, shaharning madaniy hayotiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi.

Kamanar o‘rta maktabi, Senegal: konditsionerga hojat yo‘q

Bir qarashda, qishloq maktabini loyihalashda, yanada byudjet chegaralangan ahvolda, qanday qiziq yangilik o‘ylab topish mumkin. Ammo Kamanar o‘rta maktabi loyihasining mualliflari buning uddasidan chiqdilar! Ular sinf modullarini daraxtlar atrofida guruh-guruh qilibjoyladilar. Buning natijasida daraxt soyasi o‘quvchilar va o‘qituvchilar dam oladigan hamda muloqot qiladigan qo‘shimcha ijtimoiy makon bo‘ldi. Sinflar atrofida sug‘orish kanallarigaega terrasalar paydo bo‘ldi, bu qo‘shimcha salqinlik manbasini yaratdi.

Madaniyat bo‘yicha Aga Xan trasti / Amir Anushfar (fotograf)

Qurilishda eng keng tarqalgan va arzon material bo‘lgani uchun loydan foydalanildi. Ko‘ngillilar qurgan modullar loydan qilingan ark va uni o‘rab turgan, quyosh nurini o‘tkazuvchi yog‘och panjaradan iborat. Loy va panjara sovituvchi bug‘latgich vazifasini o‘taydi, shu sababli havoni sun’iy sovitishga ehtiyoj yo‘q. Loyni yomg‘ir va quyoshdan saqlash uchun qavariq metall qoplamadan foydalanildi.

Banyuvangi xalqaro aeroporti, Indoneziya: tabiatga 100 foiz uyg‘unlik

Butun dunyo aeroportlari qanday ko‘rinishga ega? Qayerdadir go‘zal, qayerdadir befayz — oyna va betondan yasalgan qutilar. Banyuvangi xalqaro aeroporti loyihasining mualliflaritabiat tomon bir qadam tashladilar. Sholi dalalari orasida joylashgan aeroport landshaftfonida ajralib turmaydi, balki unga uyg‘unlashib, manzarani boyitadi.

Madaniyat bo‘yicha Aga Xan trasti / Mario Vibovo (fotograf)

Loyihalashda va loyihani hayotga tatbiq etishda mualliflar iqlim xususiyatlarini ham inobatga oldilar. Aeroport tomi ikkita seksiyadan iborat. Shu tariqa, arxitektorlar makonni uchish vaqo‘nish hududlariga ajratibgina qolmay, chodirsimon shakl tufayli issiqlik bo‘shlig‘ini ham yuzaga keltirdilar. Tomning ko‘kalamzorlashtirilgani ham faqat chiroy uchun emas. Tomni qoplagan giyoh qo‘shimcha ihotani ta’minlaydi. Binoning har bir bukilgan, botiq yoki turtib chiqqan nuqtasi ish beradi, haroratni optimizatsiyalashga yordamlashadi, tabiiy havoaylanishini hamda qo‘shimcha soyani ta’minlaydi.

Aytishlaricha, bunday tabiatga va landshaftga singib ketgan aeroportlar arxitektura sohasida inqilob yasaydi. Indoneziya hukumati butun mamlakat bo‘ylab yana 300 ta atrofida shunday aeroportlar qurishni rejalashtirmoqda.

Arxitektura sohasidagi mukofot — bu o‘zingizni namoyon etish imkoniyatidir. Bu yil O‘zbekistonda III ME’MOR//2023 arxitektura ko‘rik-tanlovi o‘tkzilmoqda. Sentyabrdayoq Toshkentga eng yaxshilarni tanlash uchun xalqaro hay’at uchib keladi.

Arxitektorlar, landshaft va interyer dizaynerlari, talabalar va jurnalistlar qatnashishga taklif etiladi.

Ishtirok etish bepul, mukofot jamg‘armasi — 215 million so‘m.

Tafsilotlar: memorcontest.uz.

Tashkilotchi: “KNAUF GIPS BUXORO” MChJ QK.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling