O’zbekcha Stand Up: O’zbekistonda intellektual yumorni kim rivojlantirmoqda?
Stand Up janri O’zbekistonda (aynan o’zbek tilida) yaqin 5−6 yillarda ommalasha boshladi. Turli komiklarning chiqishlari, hazillarni konsertlarda mahalliy aholi uchun yangi formatda taqdim etishi ko’pgina tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi, olqishlandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamalar, fikr-mulohazalar — Stand Up janrining O’zbekiston uchun yangi va shu bilan birga muhim ekanligini isbotlab kelmoqda.
Stand Up — senzurasiz gapirish degan ma’noni anglatar ekan, uning rivoji eng avvalo intellektual yumor bilan bog’liq. Ushbu yo’nalishda hozirda ko’zga ko’ringan komiklardan — Mirshakar Fayzulloyev, Islom Karimov, Ozod Shukrulloyevlar Afisha.uz bilan suhbatda nima uchun ushbu janrda ijod qilishni tanlaganlari, O’zbekistonda intellektual yumorning o’rni, so’z erkinligi va Stand Up`ning o’rtasidagi bog’liqlik singari mavzularda o’z fikrlari bilan bo’lishdi.
Shuningdek, iyun oyida ular tomonidan asos solingan Toshkent shahridagi birinchi — SAHNA Stand Up klubi tomoshabinlar uchun o’z eshiklarini ochdi. Afisha.uz muharriri klubning konsepsiyasi, nimalarga asoslanishi, ishtirokchilar qanday tanlanishi, kimlar tashrif buyurishi mumkinligi haqida ham suhbatlashdi.