​​Silk Avia chiptalar narxini pasaytiradi

E’lon qilingan sana· 474
​​Silk Avia chiptalar narxini pasaytiradi

1-avgustdan 31-avgustgacha Silk Avia barcha yo‘nalishlarga chiptalar narxini pasaytiradi. Masalan, ushbu davrda Samarqandga 155 000 so’mga, Farg‘ona yoki Namanganga 129 000 so’mga, Buxoroga esa 219 000 so’mga uchish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Aviachiptalarni 21-iyuldan boshlab aviatashuvchining rasmiy www.silk-avia.com sayti, +99855 501−2212 aloqa markazi yoki O‘zbekiston xalqaro aeroportlari kassalarida arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin.

Ma’lumotga ko’ra, ilgari amalda boʻlgan jadval boʻyicha parvozlar uchun chipta sotib olgan yoʻlovchilar oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va ularga bepul qayta bron qilish yoki toʻlovni toʻliq qaytarish taklif etiladi.