Hafta davomida issiq yana kuchayadi
O‘zgidromet`ning xabar qilishicha, boshlangan haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari harorat +39…+42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek, 24−25-iyul kunlari respublika shimolida ba’zi joylarda +43…+44 darajaga yetadi.
Tog‘li hududlarda 24-iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda 24−27-iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat 24−27-iyulda +39…+42 daraja, 28-iyulda +38…+40 daraja bo‘ladi.
Ushbu haftada kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, havo harorati o‘tgan yillarda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichlarga yetib bormaydi.