Sayyohlar uchun jozibali maskanlar: hayratga soladigan uch yodgorlik

E’lon qilingan sana· 676
Sayyohlar uchun jozibali maskanlar: hayratga soladigan uch yodgorlik

O‘zbekistonda III Me’mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanloviga loyihalar qabuli davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi — 215 mln so‘mni tashkil etadi. Tanlov tashkilotchilari Tailand, Turkiya, Ispaniyadagi diqqatga sazovor joylarni solishtirib ko‘rdi.

Sagrada Familiya (Muqaddas Oila ibodatxonasi), Barselona: 141 yildan beri qurilmoqda

Ko‘proq futuristik dekoratsiyaga o‘xshab ketadigan cherkov aqlni shoshirib qo‘yadi: u afsonaviy va sehrli ko‘rinadi. Cherkov 141 yildan beri qurilyapti va hozirda mavjud bo’lganlarning birortasiga o‘xshamaydi. Sagrada Familiya qurilishi 1882-yilda boshlangan va uzoq vaqt u hech qachon tugallanmaydi, deb hisoblangan. Ammo 2016-yilda qurilishning dastlabki yakunlanish sanasi e’lon qilindi: Antonio Gaudi halok bo‘lgan sanasining yuz yilligiga atab, 2026-yilda bitkaziladi.

Sagrada Familiya UNESCO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va arxitektura dohiysi Antonio Gaudining ajoyib ijod mahsuli sanaladi.

Muqaddas Oila cherkovini qurishda Gaudi tabiiy shakllar: daraxtlar va skelet tuzilmasidan ilhom olgan. Cherkov gumbazi ustunlarga tayanadi, ular, yaqinlashganingiz sari, haqiqiy o‘rmondagidek tasavvur uyg‘otadi. Yuqoriga intilayotgan ko‘p sonli arklar va gumbazlari bodatxonaga, uning haybatli ekaniga qaramay, havoyilik va ertaknamolik baxsh etadi. Fantastik shakl va chizgilardan tashqari, Gaudi fasadga odatda cherkovlarning ichida bo‘ladigan detallar: freskalar, tasvirlar va naqshlarni olib chiqqan.

Ichkarida vitrajlar alohida muhitni hosil qiladi. Sharqqa qaragan va tonggi quyosh nurlari tushuvchi derazalar ko‘k va yashilning sovuq jilolariga bo‘yalgan. Shafaq nurlariga yo‘l ochadigan derazalar qizil va olovrangning iliq jilolariga burkangan. Nur va ranglarning g‘ayrioddiy tovlanishi xayolot olamiga yetaklaydi.

Qizil xoch yotoqxonasi, Bangkok: zigzag shaklidagi noyob balkonlar

26 ta qavat, 523 ta xona va hayratga soluvchi dizayn — Tailanddagi Plan Architect byurosining Qizil xoch hamshiralari uchun yotoqxona qurilishidagi ishini qisqacha shunday tavsiflash mumkin.

Bino qurilishida unda yashovchilarning so‘rov orqali aniqlangan ehtiyojlari hisobga olingan. Odamlar asosan yorug‘lik va havo yetishmasligidan shikoyat qilganlar. Binoni ikkiga bo‘lib, ventilyasiya quvurini qoq markazga joylashtirib, planirovkani ikkita dahliz atrofida tashkil etish noyob yechim bo‘lgan. Shu tariqa havo kirishi muammosi hal qilingan.

Noyob balkonlar tufayli binoga yorug‘lik yaxshiroq kira boshladi — balkonlarni muayyan burchak ostida, zigzag shaklida qurishdi: endi tokchalarga buyumlar uchun quritkichlar o‘rnatish, hatto yorug‘likni sevuvchi o‘simliklar parvarishlash mumkin bo‘ldi. Yana bunday shakl har bir xonadagi shaxsiy hududni qo‘shnilarning ko‘zidan ishonchli himoyalash imkonini beradi.

Shuningdek, arxitektorlar binoning umumiy tashqi ko‘rinishiga ham puxta yondashganlar: fasadning noyob estetikasini konditsionerlar, quritkichlar va istiqomat qiluvchilarning boshqa buyumlari buzmasligi uchun baland perilalar ko‘zda tutilgan.

Folkart towers egizak minoralari, Izmir: shaharning futuristik ramzi

Turkiya — bu faqat sharqona uslubdagi an’anaviy arxitekturagina emas. U zamonaviy, o‘ziga xos mamlakat ham bo‘lib, fantastik yechimlar yaratuvchi kreativ arxitektorlarning vataniga aylanmoqda.

Folkart Towers egizak minoralari — noyob maskan, u yerda 46 ta qavatda ham do‘konlar, ham sport majmualari, ham biznes-markaz hamda Turkiyadagi eng yirik galereya joylashgan. Shuningdek, binoning bir qismi xonadonlarga berilgan. Minoralarda butun kunni o‘tkazish mumkin: shoping ketidan o‘yin hududlari ulanib ketadi, ular ketidan fudkortlar va kafelar gali keladi. Bu mashg‘ulotlar oralig‘ida sayyohlar Egey dengizining ajoyib manzarasidan zavq oladilar va binolar cho‘qqisida shafaqni kuzatadilar.

Bu yil tanlov uchinchi bor o‘tkaziladi va soha professionallaridan tashqari, jurnalistlar hamdatalabalar ham loyiha topshirishlari mumkin. G‘oliblarni O‘zbekiston, Ruminiya, Isroil, Gruziya va Ukraina ekspertlari aniqlaydilar.

memorcontest.uz saytida Me’mor//2023 haqida batafsil malumotlarni olish va loyihanitanlovga taqdim etish mumkin.

Loyihalar 2023-yil 6-avgustga qadar qabul qilinadi.

Afisha.uz — tadbirning axboriy hamkori hisoblanadi.