Toshkent hayvonot bog'ida jajji qora pantera tug'ildi

E’lon qilingan sana· 432
Toshkent hayvonot bog'ida jajji qora pantera tug'ildi

Toshkent hayvonot bog’ida Tayfun va Bagiraning farzandi — jajji pantera dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Qora panteralar — Tayfun va Bagira bir kunda, 2018-yilning 15-iyulida tug’ilgan. 2022-yilda esa Toshkent hayvonot bog’iga olib kelingan.

«Ayni damda panteralarga g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Jajji panteraning ahvoli yaxshi», — deyiladi xabarda.