Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobus reyslari soni ko‘paytirildi
E’lon qilingan sana: · 1 141
Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumaniga grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo’lga qo’yilgan edi.
Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati — Chorvoq" yo‘nalishida har kuni harakatlanadi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo’naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi — 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi, deyiladi xabarda.