Anons
Davide Del Kurtoning ma'ruzasi
E’lon qilingan sana: · 0
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida Davide Del Kurtoning me’moriy merosni saqlash tarixi, asosiy fan nazariy qoidalari va ularni amaliyotda qo‘llashga bag‘ishlangan ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.
Davide Del Kurto — Politecnico di Milano, Arxitektura va shaharshunoslik fakultetining me’moriy restavratsiya bo’yicha dotsenti.
Jamg‘arma va xalqaro ekspertlar guruhi hamkorligida ACDF buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan «Toshkent.Modernism XX/XXI» loyihasi doirasida XX asr merosini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratiladi.
Suhbat Grace arxitektura studiyasi asoschisi va Tashkent.Modernism XX/XXI loyihasi koordinatori Yekaterina Golovatyuk bilan bo’ladigan suhbatdan so’ng yakunlanadi.
Kirish bepul.
- Sana24 iyun, 17:00