Anons
Rassom Muxiddin Risqiyevning ma’ruzasi
E’lon qilingan sana: · 10

GroundZero Minor maydonida rassom Muxiddin Risqiyevning raqamli vositalar yordamida zamonaviy ijodiy loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruza ishtirokchilari quyidagilarni bilib olishadi:
- raqamli texnologiyalar va an’anaviy san’at vositalari taqdim etadigan imkoniyatlar o’rtasidagi farq nima;
- texnologiyalar va san’at bir-biri bilan aloqa qilganda qanday o’zgaradi;
- ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati, mualliflik huquqi tushunchasining o’zgarishi, san’at asarlarini amalga oshirishda raqamli platformalar;
- ijodiy jarayonga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali badiiy amaliyotni qanday boyitish mumkin.
Muxiddin Risqiev — illyustrator, 3D-rassom. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Contented School interaktiv dizayn kursini tamomlagan. Zamonaviy san’atga oid loyihalar va ko’rgazmalarda qatnashgan. Hozirda raqamli san’at sohasida ishlamoqda.
Tadbir GroundZero bilan hamkorlikda Bonum Factum galereyasining ArtLab ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Kirish bepul.
Oldindan ro’yxatdan o’tish quyidagi telefon orqali talab qilinadi: (+998) 90−318−4393.
- Sana24 iyun, 18:00