Dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi
E’lon qilingan sana: · 170
O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me’yorlardan 5−8 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduzi havo +38…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42…+43 darajagacha isiydi.
Toshkent shahrida havo bulutsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan +38…+40 daraja bo‘ladi.