Silk Avia Qurbon Hayiti munosabati bilan chiptalar uchun chegirmalar e’lon qiladi

E’lon qilingan sana· 323
Silk Avia Qurbon Hayiti munosabati bilan chiptalar uchun chegirmalar e’lon qiladi

27-iyundan 2-iyulgacha Qurbon Hayiti munosabati bilan Silk Avia barcha yo‘nalishlar uchun 30% gacha chegirmalar e’lon qiladi, shuningdek, arzon tarifdagi chiptalar sonini oshiradi. Bayram kunlari Samarqandga 12 yevroga (~149 000 so‘m), Navoiyga 18 yevroga (~ 223 000 so‘m), Nukusga 36 yevro (~ 445 000 so‘m) ga uchish mumkin bo‘ladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida yoki O‘zbekiston aeroportlarida joylashgan kassalarda xarid qilish mumkin.