Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
E’lon qilingan sana: · 303
Dam olish kunlari — 26−28-may sanalarida O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Poytaxtda 26−28-may kunlari havo ochiq bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Havo harorati kechalari +16…+18, kunduz kunlari +30…+33 daraja bo‘ladi.