21-aprel kuni Hayit namozi munosabati bilan Toshkentda transport harakati cheklanadi

E’lon qilingan sana· 98
21-aprel kuni Hayit namozi munosabati bilan Toshkentda transport harakati cheklanadi

21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.

Quyida tumanlar kesimida ko‘chalar ro‘yxati keltiriladi:

Bektemir tumani: «Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shohko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Mirzo Ulug‘bek tumani: «To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan Buyuk Ipak yo‘li — Sultoniya ko‘chasigacha.

Mirobod tumani: «Qo‘liq ota» masjidi oldidagi THAY — Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha;

Olmazor tumani: «Islomobod» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY- Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari kesishmasigacha;

«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy — Nurafshon ko‘chalari kesishmasidan Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasigacha;

Shayxontohur tumani: «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

«Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor shohko‘chasi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari kesishmasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari kesishmasigacha;

«Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi — Nurafshon — Sebzor ko‘chalari kesishmasidan Nurafshon — Labzak ko‘chalari kesishmasigacha.

Chilonzor tumani: «Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi al-Xorazmiy ko‘chasi — Al Xorazmiy — Xirmontepa ko‘chalari kesishmasidan al Xorazmiy — Katta qani kesishmasigacha;

«Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi — Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor — Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasigacha;

«Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor shoh ko‘chasi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha.

Uchtepa tumani: «Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi — Lutfiy — Xirmontepa ko‘chalari kesishmasidan Lutfiy — Katta qa’ni ko‘chalari kesishmasigacha;

«Hazrati Ali» masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi Nazarbek — Mahorat ko‘chalari kesishmasidan Nazarbek — Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari kesishmasigacha.

Yunusobod tumani: «Minor» masjidi oldidagi KHAY — KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari kesishmasidan KHAY — Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasigacha;

«Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi — Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani: «Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY — Qushbegi chorrahasidan KHAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari kesishmasigacha.

Yashnobod tumani: «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li — Fitrat ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li — Tolimarjon ko‘chalari kesishmasigacha;

«Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi — Imom Buxoriy — Cho‘lpon ko‘chalari kesishmasidan Cho‘lpon — Salohiyat ko‘chalari kesishmasigacha.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.