Toshkent aeroportida birinchi kapsulali mehmonxona paydo bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 175
Toshkent aeroportida birinchi kapsulali mehmonxona paydo bo‘ladi

Toshkent aeroportida 27 kabinaga moʻljallangan kapsulali mehmonxona paydo boʻldi. U steril zonada joylashgan va ikki qavatdan iborat. Dizaynini yaratishda rassom Bobur Ismoilov ishtirok etgan.

«Bu shunchaki „kapsulalar“ emas, balki to’liq bir kishilik to’shak va minimal aksessuarlar to’plami — chiroq, kiyim ilgichi, qo’l yuki uchun javon, stol bo’lgan kichik qulay kabinalar bo’ladi. Bunday kabinalarning mohiyati shundan iboratki, yo‘lovchi kutish vaqtida aeroportdan va tranzit zonadan chiqmasdan bir necha soat davomida unda qolib dam olishi mumkin», — deyiladi Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabarida.

Kapsulali mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun hammom, yuvinish xonasi, ma’lumot taxtasi va 24 soatlik qabulxona mavjud. Har bir xona uchun individual bortga taklif qilish tizimi mavjud.

Mehmonxonaning umumiy maydoni 240 kv.m. ni tashkil qiladi.