Toshkent hayvonot bog‘i kirish chiptalari narxi oshirilganini ma’lum qildi

E’lon qilingan sana· 2 662
Toshkent hayvonot bog‘i kirish chiptalari narxi oshirilganini ma’lum qildi

Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati 1-apreldan kirish chiptalari narxi oshishini ma’lum qildi. Narxning oshishi hayvonlarni saqlash va davolash xarajatlarining oshgani bilan bog’liq.

Chipta narxi:

  • imkoniyati cheklanganlar uchun — bepul;
  • 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga — bepul;
  • muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — 20 000 so‘m;
  • pensionerlarga — 20 000 so‘m;
  • 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — 20 000 so‘m;
  • 16 yosh va undan kattalarga — 35 000 so’m.

Ish vaqti: kassa — 8:00 dan 17:30 gacha, hayvonot bog’i 19:30 gacha ishlaydi.